2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Aliyev Aziz Raxmatullayevich

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bо‘yicha psixolog (metodisti)

Telefon: #
Email: #
Ish kuni: #
Ijtimoiy tarmoqlar

Mehnat faoliyati

2007-2011 yy. -           Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi

2011-2014 yy. -           Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi defektologi

2014-2015 yy. -           Samarqand shaxridagi 62-son maxsus maktab internati tarbiyachisi

2015-2022 yy. -           Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shо‘basi psixolog(metodist)i

2022-2023 yy  -           Samarqand shahar xalq ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvatlash markazi psixolog metodisti

2023 y - h.v.    -           Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi Bolalarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bо‘yicha  psixolog (metodisti)

Asosiy funksional vazifalar

Quyidagilar psixolog-metodistning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini rivojlanishi va yanada yuksaltirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;

inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish;

tuman (shahar)dagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb- hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish;

maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida psixolog, maxsus pedagog va o‘qituvchi- logopedlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirishga koʻmaklashish;

hududdagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim hamda logopediya shoxobchalarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

             Psixolog-metodist oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  1. tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy- psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini rivojlanishi va yanada yuksaltirish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish.

maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni, logopedik, inklyuziv taʼlimni va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va yaxshilash masalalarida hududda metodik rahbarlikni amalga oshirish;

oʻz yoʻnalishi boʻyicha psixolog-metodistga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq hujjatlarni belgilangan tartibda ijrosi yuzasidan rahbariyatga maʼlumotnomalar kiritish.

  1. oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash sohasida.

isteʼdodli va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʻrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga metodik yordam berish;

maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish, maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini oʻrganish;

vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim muassasalari pedagog xodimlari uchun bolaga nisbatan zoʻravonlik holatlari aniqlanganda idoralararo munosabat mexanizmi asosida ishlarni tashkil etish.

  1. inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish sohasida.

tarbiyasi ogʻir oʻsmirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida suidsidal holatlarga moyilligi boʻlgan oʻquvchilarni barvaqt aniqlash, inqiroz yoki favqulodda vaziyatlardan (migratsiya, repatriatsiya, epidemiya, tabiiy ofat va boshqalar) aziyat chekkan bolalar va kattalarga kompleks ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish hamda reabilitatsiya, reintegratsiyani koʻp tarmoqli yondashuvlarda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga amaliy va metodik yordam berish;

tuman (shahar)dagi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlariga voyaga yetmagan deviant xulqli bolalar bilan ishlash va ularni ijtimoiy-psixologik tomondan qoʻllab- quvvatlash ishlarini tashkil etishga koʻmaklashish;

voyaga yetmaganlar oʻtasida oʻz joniga qasd qilishga moyilligi, shuningdek, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchilarga psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish;

bolalar va oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatuvchi mutaxassislarni inqirozga uchragan bolalar bilan ishlashlari uchun reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va moslashtirish;