Samarqand shahar, Registon ko‘chasi, 6-uy +998 (66) 235 06 16
Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Missiya, maqsad va vazifalar

Missiya, maqsad va vazifalar

Mission image

Bizning vazifamiz
Maqsadimiz o‘sish va rivojlanish.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratgan holda, pedagog xodimlarning ulkan hissasini qadrlaydigan ta’lim tizimini yaratishga intiladi.

Bizning strategiyamiz
Umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish; inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish.

Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quvchilarning ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanish darajasini yanada oshirish.

O‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini, shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq umumiy ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy boshqarishni amalga oshirish.