2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

SAMARQANDDA MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARI O‘RTASIDA SHAXMAT FESTIVALINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Samarqand shahridagi 20-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida ikki nominatsiyada tashkil etildi. Unda festivalning tuman va shahar bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rinni Oqdaryo tumanidagi 6-DMTT tarbiyalanuvchisi Ibrohimjon Tolibjonov,

2-o‘rinni Samarqand shahridagi 79-DMTT tarbiyalanuvchisi Usmonjon Egamberdiyev,

3-o‘rinni Narpay tumanidagi 3-DMTT tarbiyalanuvchisi Behzod Shamsiddinovlar egallashdi.

Qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin —  Paxtachi tumanidagi 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Raisa Bobonazarovaga,

2-o‘rin — Nurobod tumanidagi 28-DMTT tarbiyalanuvchisi Shodiyona Hotamovaga,

3-o‘rin — Toyloq tumanidagi 5-DMTT tarbiyalanuvchisi Samira Sodiqovaga nasib etdi.

Festival g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev hamda viloyat sport boshqarmasi shu’ba boshlig‘i N. Orlanov topshirdilar.