Har payshanba – Yoshlar kuni!
Bugun Samarqand shahridagi 45-maktabning iqtidorli o’quvchi qizlari bilan bo’lim boshlig’i Z.Nuriddinov davra suhbati o’tkazdi.
Tadbir avvalida o’quvchi qizlarni “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutladi hamda tengdoshi Samarqand shahridagi 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Amaliya Parvizovna Mamedova kabi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo'lga kiritgani e'tirof etdi.
Uchrashuvda qizlarning tashabbuslari, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligi, takliflari va kelajak rejalari tinglandi.
Qizlarga motivatsiya beruvchi suhbatlar, ochiq muloqot va qiziqarli fikr almashinuvi bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar o'quvchi yoshlarning o‘z fikrini bemalol ifoda etishida, takliflarini ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
#YoshlarKuni #HarPayshanba #YoshlarUchrashuvi #KelajakEgalari






