2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Hurmatli aziz ustozlar, o'quvchi qizlar!

Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.
Jamiyatimiz taraqqiyotida, yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va vatanparvar etib tarbiyalashda siz aziz ayollarning o‘rni beqiyosdir. Maktab va maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan fidoyi pedagog ayollarimiz o‘z mehnati, sabr-toqati va mehr-muhabbati bilan kelajak avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Qadrli opa-singillar! Sizlarning mehringiz, donoligingiz va matonatingiz har bir oilaning, har bir ta’lim maskanining tayanchi hisoblanadi. Sizlar tarbiyalayotgan yoshlar ertangi kunimizning ishonchli davomchilari bo‘lib voyaga yetmoqda.

Aziz o‘quvchi qizlar! Sizlar bugungi kunning bilimga chanqoq, intiluvchan yoshlarisiz. Sizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yutuqlaringiz va orzularingiz kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  Siz ham tengdoshingiz Samarqand shahridagi 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Amaliya Parvizovna Mamedova kabi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo'lga kiritishingiz tarafdoriman.
Fursatdan foydalanib, barcha ayollarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo bahoriy shodlik, quvonch va baxtga to‘lib-toshaversin.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
???? Bo‘lim boshlig‘i Z.Nuriddinov