2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Hurmatli pedagoglar!

Xabaringiz bor, (https://t.me/uzedu/40132) joriy yilning fevral oyida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari oʻtkazildi hamda unda mamlakatimizning barcha tuman (shahar)idan 3 nafardan — jami 624 nafar pedagog qatnashdi.

Pedagoglarning ovoz berishlari uchun nomzodlarning dars oʻtish jarayoni videokameraga yozib olinib, belgilangan tartibda (montajsiz) pedagog.uzedu.uz maxsus platformasiga joylashtirildi.

Bugun — 2026-yil 25-fevral kuni soat 18:00 da pedagoglar tomonidan nomzodlarning dars oʻtish sinov jarayonlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali baholashga start beriladi.

Bunda pedagoglar oʻzi yashab turgan tegishli tuman (shahar) boʻyicha nomzodlarning darslarini mazkur videoqoʻllanmada koʻrsatilganidek baholashlari mumkin.

Baholash jarayonlari 2026-yil 28-fevral kuni soat 23:29 ga qadar davom etadi. 

 Maʼlumot uchun: nomzodlarning dars oʻtish mahorati hakamlar hayʼati (60 ball) hamda tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar  tomonidan (ovoz berish yoʻli orqali 40 ball) tizim asosida baholanadi.