2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

“Kelajak soati” darsida — "Halollik vaksinasi" va qonun ustuvorligi bo‘yicha  saboq berildi

Bugun Samarqand shahar 12-sonli umumta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada tashkil etildi. 

Tadbirda Samarqand viloyati prokuraturasi birinchi o‘rinbosari Sarvar Bazarov, bo‘lim boshlig‘i Asomidfin Saypiddinov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid G‘oziyev  ishtirok etib, o‘quvchilar bilan “Halollik vaksinasi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuvda yoshlar orasida halollik, rostgoʻylik va qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.