2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti, Milliy gvardiya Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Samarqand shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir va so‘z sultoni Alisher Navoiyning 585-yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy – boqiy meros sohibi” nomli badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir buyuk shoirning bebaho adabiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy adabiyotga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Badiiy kecha davomida Alisher Navoiy asarlaridan g‘azal va ruboiylar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda mumtoz musiqa sadolari ostida shoir ijodiga bo‘lgan yuksak e’tibor yana bir bor namoyon bo‘ldi.