2025-YILDA SAMARALI ISHLAGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan hay’at yig‘ilishi davomida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan rahbar va xodimlar 2025 yil nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
Mukofotlarni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Hamdamov tantanali ravishda topshirdi.
Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi:
“Yilning eng yaxshi bo‘lim boshlig‘i – 2025”
Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Nuriddinov Zayniddin Mehriddinovich;
“Ijro intizomi masalalari bo‘yicha yilning eng yaxshi xodimi – 2025”
Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh metodisti
Tadjiyev Xidir Kamolovich;
“Yilning eng yaxshi ma’naviyatchisi – 2025”
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-sonli, alohida fanlar chuqur o‘qitiladigan maktabning
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Elmurodova Saida Baxodirovna;
“Yilning eng yaxshi maktab direktori – 2025”
Ishtixon tumanidagi 1-sonli, alohida fanlar chuqur o‘qitiladigan maktab direktori
Achilov Keldiyar Shaymonovich;
“Yilning eng yaxshi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori – 2025”
Jomboy tumanidagi 2-sonli DMTT direktori
Ochilova Risolat Rustamovna;
G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan bir qatorda bir martalik mukofot puli hamda 2026 yil davomida salomatlikni tiklash uchun sanatoriyga yo‘llanma taqdim etilishi belgilandi.

