???? Joriy yilning 30-yanvar kuni Samarqand shahridagi 55-umumiy о‘rta ta’lim maktabida umumiy о‘rta ta'lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichi o'tkazildi.
????Unda tо‘rt kun davomida saralash bosqichlarida yuqori natijalarni egallagan 13 ta jamoa 4 ta shart bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar.
☘️ Qizg'in kechgan bahslar yakunida hakamlar hay'atining xulosasiga ko'ra, 1-o'rinni 55-maktab, 2-o'rinni 42-maktab hamda 3-o'rinni 1-maktablarning jamoalari egallashdi.
✅Yakunda g'olib jamoalar shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Zayniddin Nuriddinov tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


