IT KASBINI EGALLASHNI VA SIZ BILAN BIRGA RIVOJLANAYOTGAN INSONLAR DAVRASIDA BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI?
School 21da siz IT olamiga bepul qadam qo‘yishingiz, o‘zingiz bilan bir maqsad yo‘lidagi insonlarni topishingiz hamda birgalikda o‘qiydigan, loyihalar yaratadigan va bir-birining g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan jamoaning a’zosiga aylanishingiz mumkin.
School 21 — 17 yoshdan oshgan barcha xohlovchilar uchun bepul raqamli texnologiyalar maktabidir. Bu yerda o‘qituvchilar va baholar yo‘q, ta’lim jarayoni faqat amaliyot, jamoaviy ish va Peer-to-Peer o‘rganishdan iborat.
Sizni nimalar kutmoqda?
15 ta IT yo‘nalishi — kiberxavfsizlik va mobil dasturlashdan, Backend hamda UX/UI gacha.
Faol jamoa — qiziqishingizga mos klublar, xakatonlar, musobaqalar va ideatonlar. Tanishlar orttiring, o‘z jamoangizni toping va yangi bilimlarni sinab ko‘ring.
Startaplar va shaxsiy loyihalar — Launch Lab 21 bilan birga o‘z g‘oyalaringizni rivojlantiring.
Karyera imkoniyatlari — Career Hub, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va amaliyotlar.
Nega aynan School 21?
Ta’lim mutlaqo bepul.
Kampus 24/7 rejimida ochiq.
Boshqa hududlardan kelgan ishtirokchilar uchun yotoqxona — oyiga 100 000 so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish: 21-school.uz yoki @school21_mainbot orqali
24-noyabr — Samarqand kampusida Ochiq eshiklar kuni. Keling, kampus bilan yaqindan tarnishing va ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.
30-noyabr — yangi «Hovuz»ning boshlanishi.
26-noyabr — arizalar qabulining so‘nggi kuni!
Manzil: Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17A.
School 21 bilan IT sohada o‘z yo‘nalishingizni, fikrdosh do‘stlarni va rivojlanish imkoniyatlarini toping!
