Samarqand şahrida özbek tili fani öqituvçilari uçun öquv-seminari taşkil etildi
Ta’limi tizimida özbek tilini öqitiş sifatini oşiriş hamda ommalaştirişga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Samarqand şahar ta’lim bölimi tomonidan navbatdagi öquv-seminari ötkazildi.
Kaskad usulida taşkil etilgan mazkur seminarda trener Dilafruz Xaydarova tomonidan “Maktabgaça va maktab ta’limida özbek tilini sifatli öqitiş: zamonaviy metodika va innovatsion yondaşuvlar” mavzusida maşğulot olib borildi.
Maşğulot davomida umumiy örta ta’lim maktablarining özbek tili fani öqituvçilariga dars jarayonida zamonaviy va innovatsion pedagogik texnologiyalarni qöllaş, şuningdek, sinfda inklyuziv til muhitini şakllantiriş hamda öquvçilar uçun psixologik qulaylik yaratişning samarali usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida pedagoglar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, özaro tajriba almaşdilar.


