«ÖZBEK TILIMIZGA HURMAT — MILLATIMIZGA HURMATDIR!»
Bugungi ma’ruzamizning mavzusi — ona tilimizga hurmat, uning sofligini saqlaş, yozuv madaniyatini yuksaltiriş hamda yangi özbek alifbosidagi özgarişlarning mazmun-mohiyatini anglaşga bağishlanadi.
«Ona tili — millatning ruhi, xalqning bebaho ma’naviy boyligi». Darhaqiqat, til bor ekan, millat bor, millat bor ekan, uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlari yaşaydi.
O‘zbek tili — xalqimizning asrlar davomida şakllangan ma’naviy merosi, milliy özligimiz va ğururimiz timsolidir. Uni e’zozlaş, avaylab-asraş va kelajak avlodlarga boyitilgan holda yetkaziş har birimizning muqaddas burçimizdir.
Bugungi kunda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oşiriş, yozuv tizimini takomillaştiriş va savodxonlikni mustahkamlaş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
1. Yangi alifbo — yozuv madaniyatidagi muhim islohot
2026-yil 21-oktabr kuni, Özbek tili bayrami arafasida emas, aynan Özbek tili bayrami kuni, Özbekiston Respublikasining ÖRQ–1184-sonli Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun bilan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga muhim özgartirişlar kiritildi. Avvalgi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat yangi alifbo belgilandi.
Yangi alifboda törtta harfning yoziliş shakli özgardi:
| Avvalgi shakli | Yangi şakli |
| ------------ | -----------|
| O‘ o‘ | Ö ö |
| G‘ g‘ | Ğ ğ |
| Sh sh | Ş ş |
| Ch ch | Ç ç | ______
Bu özgarişlar yozuvdagi texnik noqulayliklarni kamaytiriş, imlo qoidalarini takomillaştiriş, matnlarni kompyuter va raqamli qurilmalarda terişni yengillaştirişga xizmat qiladi.
Yangi alifboning asosiy maqsadlaridan biri — yozuvda har bir tovuşni alohida harf bilan ifodalaş tamoyilini kuçaytirişdir.
Shuni alohida ta’kidlaş lozimki, mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy ötgaç, ya’ni 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Demak, bu jarayonni puxta örganişimiz, yangi harflarning yozilişi va qöllanişini bosqiçma-bosqiç özlaştirişimiz zarur.
2. «Bir tovuş — bir harf» tamoyilining ahamiyati
Yozuv — inson tafakkurining, bilim va ma’rifatning közgusidir. Yozuv qançalik aniq, sodda va tuşunarli bölsa, savodxonlikni şakllantiriş ham şunçalik samarali böladi.
«Bir tovuş — bir harf» tamoyili öquvçilarga sözlarni tög‘ri öqiş, yoziş va talaffuz qilişni örgatişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, avval ikki belgidan taşkil topgan Sh va Ch birikmalari endilikda bitta Ş va Ç harflari bilan ifodalanadi. Bu esa so‘zlarni yozişda ortiqça belgilarni kamaytirib, yozuvning ixçam va qulay bölişiga yordam beradi.
Ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilari uçun alifbodagi özgarişlarni tög‘ri tuşuntiriş, yangi harflarni tanitiş, ularning bosma va yozma şakllarini örgatiş pedagoglardan alohida mas’uliyat talab etadi.
3. Ta’lim muassasalarida yangi alifboni örganiş — dolzarb vazifa
Biz pedagoglar zimmasiga nafaqat bilim beriş, balki yoş avlodda ona tiliga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak yozuv madaniyatini şakllantiriş vazifasi ham yuklatilgan.
Shu bois maktabimizda yangi alifboni örganiş va uning mazmun-mohiyatini pedagoglar, texnik xodimlar, öquvçilar hamda ota-onalar örtasida keng tarğib qilişga alohida eʼtibor qaratişimiz lozim.
Bu borada quyidagi vazifalarni amalga oşiriş muhim:
Pedagog-xodimlarning savodxonligini oşiriş. Har bir pedagog yangi alifbodagi harflarning yozilişi, talaffuzi va qöllaniş qoidalarini puxta özlaştirişi kerak.
Öquvçilar bilan amaliy mashğulotlar taşkil etiş. Darslarda yangi harflar iştirokidagi sözlar, gaplar va matnlar ustida işlaş, diktantlar hamda yozma maşqlar ötkaziş lozim.
Körgazmali tarğibot işlarini kuçaytiriş. Maktab yölaklari, sinfxonalar va axborot burchaklarida yangi alifbo aks etgan körgazmalar joylashtiriş maqsadga muvofiq.
Ota-onalar bilan hamkorlikni yölga qöyiş. Oilada ham bolalarning tög‘ri yoziş va öqiş könikmalarini rivojlantirişga kömaklaşiş zarur.
