2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa › Yangiliklar

Yangiliklar

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chellenj e'lon qiladi.

“Ustozni ulug‘lab” chellenjining nizomi va shartlari:

Chellenjning asosiy maqsadi — ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni oshirish, ularning zahmatli mehnatini e'tirof etish va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida minnatdorlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.

1. Chellenjda qatnashish shartlari
Chellenjda barcha jumladan o‘quvchilar, sobiq bitiruvchilar, ota-onalar hamda ta’lim muassasasi jamoasi qatnashishi mumkin. Chellenj 2 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

1-yo‘nalish: “Ustozga ehtirom” (Video format)
Ustozingizga bag‘ishlangan eng samimiy tilaklar, she’r yoki qisqa tasvirli minnatdorlik videosini suratga oling (davomiyligi 1 daqiqadan oshmasligi kerak).
Videoda ustozingizning ism-sharifini va sizga bergan eng muhim sabog‘ini ta’kidlab o‘ting.

2-yo‘nalish: “Ustozim bilan birga” (Foto va matn format)
Sevimli ustozingiz bilan tushgan fotosuratingizni yoki ularning dars jarayonidagi eng ta’sirli lahzasini joylang.
Rasm ostiga ustozingiz va uning mehnati haqida qisqa, ta’sirli post (dil izhori) yozing.

2. Joylashtirish va belgilash qoidalari
Materiallar bo‘limning ijtimoiy tarmoqlardagi (Telegram, Instagram, Facebook) rasmiy sahifalarga joylashtiriladi.
Post ostida albatta quyidagi rasmiy xeshteglar ko‘rsatilishi shart:
#UstozniUluglab
#UstozgaEhtirom
#1OktabrUstozlarKuni

3. Muxlat va baholash
O‘tkazilish muddati: 10-sentabrdan 1-oktabrgacha.
G‘oliblarni aniqlash: Eng ko‘p ko‘rilgan, eng samimiy va ijodiy yondashilgan 3 ta ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi hamda 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirida maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Kreativlik, konseptsiya, mantiqiy izchillik va ssenariy, tasvir va ovoz sifati, montaj va dinamika, auditoriyaga ta’siri tanlovda g‘olib bo‘lishga ustunlik beradi.