2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa › Yangiliklar

Yangiliklar

Shahrimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni «Yagona Vatan, yagona oila bo‘lib, yangi hayot va kelajak sari!» shiori ostida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari o‘tkazildi.
Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga davlatimiz rahbarining "Prezident sovg‘asi" tantanali ravishda topshirildi.
​Bayram tadbiridan so‘ng yangi o‘quv yilining an’anasiga ko‘ra, barcha sinflarda ilk darslar yurtimiz mustaqilligining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.
Eslatib o‘tamiz: yangi o‘quv yilida viloyatimiz bo‘yicha 1280 ta umumta’lim maktabi hamda 60 ta nodavlat ta’lim muassasasining 1-sinfiga 92 ming 923 nafar o‘quvchi qabul qilindi.