2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa › Yangiliklar

Yangiliklar

#Beshinchi_ustozlar_forumi
SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDЕVORI

Samarqand shahrida xorijiy til o‘qituvchilari uchun mahorat seminari bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining xorijiy til o‘qituvchilari uchun xalqaro mutaxassis Feruz AKBAROV tomonidan “Qisqa videolar sehri: mobil videolar yordamida ingliz tili darslarini yangi bosqichga olib chiqish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda zamonaviy raqamli texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalangan holda dars samaradorligini oshirish masalalari atrofida so‘z yuritildi.

Interaktiv ruhda o‘tgan seminarda pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy dars ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.