2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa › Yangiliklar

Yangiliklar

Samarqand shahrida ta'lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Samarqand shahar Prokuraturasi hamkorligida shahardagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktab direktorlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga “Ta’lim — korrupsiyadan xoli soha!” mavzusida amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shahar prokuraturasi xodimi I.Quvondiqov ham ishirok etib sohadagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi:
1-sinfga qabul jarayoni:
O‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilishda belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya etish, har qanday noqonuniy aralashuv hamda ta’magirlik holatlariga chek qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Dars soatlarini taqsimlash:
O‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlarini taqsimlashda belgilangan Nizom talablariga to‘liq amal qilish, adolat va shaffoflikni ta’minlash lozimligi alohida ta’kidlandi.
Prokuratura va MMTB mas’ullari ta’lim sohasida korrupsiyaga mutlaqo o‘rin yo‘qligini hamda har bir murojaat va qonunbuzarlik holati qat’iy nazoratga olinishini bildirishdi.