Samarqandda inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari davom etmoqda
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan "Inklyuziv ta'limni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari doirasidagi tadbirlar mazmunli va amaliy ruhda davom etmoqda.
Seminar dasturiga muvofiq, ishtirokchilar Samarqand shahridagi 81- umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida tashkil etilgan inklyuziv ta'lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda alohida ta'lim ehtiyojiga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.



