2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Samarqandda “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi

Bugun  Samarqand   viloyatining shahar va tumanlaridagi 16 ta “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boshlandi.
2026–2027-o‘quv yili uchun viloyatdagi “Jasorat maktablari”ning 5-sinfiga 416 ta kvota ajratilgan.
Mazkur kvotalar uchun 1800 nafarga yaqin o‘quvchi hujjat topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar kirish imtihonlarining birinchi bosqichida 1-iyul kuni ona tili va matematika fanlaridan test sinovlarini topshirgan edi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan tartib asosida shaffof va xolis mezonlar asosida o‘tkazilmoqda.

Suratlar Samarqand shahrida o'tkazilayotgan imtihon jarayonlaridan olingan.

Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!