Pedagoglar vazir tashakkurnomasi bilan taqdirlandi
Samarqand davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Bitiruvchi–2026” tantanali kechasida ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglar munosib taqdirlandi.
Jumladan, institut bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib borayotgan 32-, 33- va 68-umumta’lim maktablari hamda 64- va 87-maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga samarali hamkorlik, shuningdek, 4+2 amaliyot jarayonlarida amaliyotchi talabalarni zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashdagi xizmatlari uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova nomidan vazir tashakkurnomalari topshirildi.
Ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shayotgan hissasi, kasbiy faoliyatdagi yutuqlari hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi fidokorona sa’y-harakatlari yuksak e’tirof etildi.


.jpg)

