2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Samarqand shahridagi 42-umumiy ta‘lim maktabi o‘quvchisi, Afruza Hamdamova shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida “Asian Individual Chess Championships 2026” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda ishtirok etgan Afruza Hamdamova 9 tur yakuniga ko‘ra 7,5 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalladi va Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, u 9 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.