Samarqand shahrida “Yoz-2026” mavsumi hamda sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyatini namunali tashkil etish bo‘yicha seminar tashkil etildi
Yangi O‘zbekiston bolajonlarining yozgi ta’tilini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida “Yoz-2026” yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoz-2026” mavsumi hamda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyatini namunali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlash, to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi 8 ta (11-, 14-, 16-, 31-, 40-, 42-, 65- va 82) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyatini joriy yilning 8-iyun kunidan boshlash rejalashtirilgan.
Mazkur sog‘lomlashtirish maydonchalarida 4 davra davomida jami 2 830 nafar o‘quvchining mazmunli dam olishi ko‘zda tutilgan.

