Har Payshanba – Yoshlar kuni!
Samarqand shahridagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida shahar maktablaridagi iqtidorli, o‘quv yili davomida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, xalqaro tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan hamda muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgan 11-sinf o‘quvchilari bilan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi shu’ba rahbari B.Maxmatkulov ochiq muloqat o'tkazdi.
Uchrashuv davomida o’quvchilar bilan ta’limning keyingi bosqichi ya’ni oliy ta’limga kirish hamda kelgusidagi maqsad-rejalari to’g’risida suhbatlashdi.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, ularning fikrlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir o‘quvchi-yoshlarning keyingi reja va maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.


