2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Dastlab, kichik-inspektor kinologlar oʻquvchilarga xizmat itlarining mahoratini namoyish etishdi. Oʻquvchilar kinologiya xizmati faoliyati, xizmat itlarining bojxona nazoratidagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan soʻng, xodimlar “Kelajak soatlari” darsida bojxona ishining shakllanish va rivojlanish tarixini tushuntirib, bojxona nazoratining texnik vositalari koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish maqsadida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida chellendjlar tashkil etildi. Bunday tadbirlar kelajak avlodni ongli, vatanparvar va masʼuliyatli etib tarbiyalash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.