2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

SUN’IY INTЕLLЕKT: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) bo‘limlari AKT metodistlari ishtirokida  “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida  seminar tashkil etildi.

Seminarda pedagoglar va o‘quvchi-yoshlarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bugun sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim, iqtisodiyot va kundalik hayotga jadal kirib kelmoqda. Matn yaratish, tahlil qilish, murakkab hisob-kitoblarni bajarish kabi imkoniyatlar kengaymoqda.

 Shu bilan birga, sun’iy intellekt orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jinoyatlar va kiberxavflar ham tobora ortib bormoqda.

 Seminarda ishtirokchilarga:
ehtimoliy xavflar
ulardan ogoh bo‘lish yo‘llari
amaliy himoya choralari
batafsil tushuntirildi.

Mazkur o‘quv-seminar “kaskad” usulida hududlarda davom ettirilib, barcha pedagoglar va o‘quvchilarga yetkazilishi rejalashtirilgan.