2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi

Buyuk sarkarda bobomiz Sohibqiron Amir Temurning 690 yilligi munosabati bilan "Tarix soʻzlaydi" nomli videoroliklar tanlovi e'lon qilingan edi.

Quyidagilar tanlov gʻoliblari deb topildi: 

 Eng yaxshi SI (sun’iy intellekt) yordamida tayyorlangan videoroliklar tanlovi g‘oliblari:

 1-o‘rin:
Nizomov Feruz Po‘lat o‘g‘li –
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi; 

 2-o‘rin:
Charos Abdullayeva –
Samarqand shahar Damir Salimov nomidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘rinbosari; 

 3-o‘rin:
1. Shodmonqulov Abbos Asad o‘g‘li –
“Samarqand suv ta’minoti” AJ axborot xizmati xodimi

 Eng yaxshi milliy kontent va ijodiy videoroliklar tanlovi g‘oliblari:

 1-o‘rin:
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, tanlov talablariga to‘liq javob beradigan ijodiy videorolik taqdim etilmaganligi sababli 1-o‘rin uchun munosib ish aniqlanmadi; 

 2-o‘rin:
Dilobar Ro‘ziyeva –
Samarqand shahri, Qorasuv massivi, Shodiyona MFY fuqarosi; 

 3-o‘rin:
Nodir Xolmatov –
Samarqand shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xodimi.

Bugun shahar hokimligida tanlov gʻoliblarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda shahar hokimining oʻrinbosari Ra'no Toshniyozova ishtirok etib, ishtirokchilarni yutuq bilan tabrikladi.