Samarqand shahridagi 81-maktabga "Direktorlar shuʼbasi" aʼzolari tashrif buyurdilar.
Metodik kun doirasida bir qator darslar kuzatilib, taʼlim jarayoni chuqur oʻrganildi. Ushbu tashrif davomida oʻqituvchilarning dars oʻtish uslubi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi va oʻquvchilarning faolligini tahlil qilishdi.
Bundan tashqari ushbu metodik yondashuv doirasida sifat va samaradorliklar yuzasidan qilingan ishlar o‘rganildi hamda tahlil jarayonlari natijasida pedagogik jamoaga amaliy va metodik ko‘mak ko‘rsatish ishlari olib borildi
Shu’baning asosiy maqsadi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini holisona baholash hamda ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga qaratilgan.


