Ota-onalar farzandlarini DMTTga joylashtirish uchun ariza bergach navbatini qanday tez va oson tekshirsa bo'ladi?
Ota-onalar farzandlarini davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish uchun ariza bergach navbatini tez va oson tekshirish https://navbat.uzedu.uz/ sayti ishga tushirilgan bo'lib, bu sayt orqali nafaqat farzand navbatini, balki DMTTlar haqidagi ma'lumotlarni, manzili, joylashuvi, DMTT sig'im quvvati, ta'lim oluvchilar soni, navbatlar soni, arizalar ro'yxatini ham kuzatib turishlari mumkin.
