2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

SAMARQANDDA “TURON” MAKTAB TЕATRI RЕSPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Samarqand viloyat musiqali drama teatrida “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoa ikkita shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Jarayonlar yurtimizning taniqli san’at ustalari va xalq sevgan aktyorlar tomonidan baholab borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra,

1-oʻrin Samarqand shahridagi 80-umumta‘lim maktabining   "Turon" jamoasiga,

2-oʻrin Toyloq tumanidagi 26-umumta'lim maktabining "Turon yulduzlari" jamoasiga,

3-oʻrin Kattaqoʻrgʻon shahridagi 17-umumta‘lim  maktabining  "Buyuk Turon" jamoasiga nasib etdi.

G‘oliblar, sovrindorlar va tashkilotchilarga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.