2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

SАMАRQАNDDА MILLIY QАDRIYATLАR TАRАNNUMI

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri boʼylab bahor nafasi kezmoqda. 
Shu munosabat bilan, shahardagi 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʼzgacha koʼtarinkilik va bayramona kayfiyat hukm surdi.

 Bayram tadbiri “Milliy qadriyatlar va milliy urf-odatlar” shiori ostida tashkil etilib, unda xalqimizning koʼp asrlik anʼanalari, milliy liboslarimiz va qadimiy qadriyatlarimiz qayta jonlandi. Bolajonlar ijrosidagi bahoriy kuy-qoʼshiqlar, milliy raqslar va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna koʼrinishlari yigʼilganlarga cheksiz quvonch ulashdi.
Ushbu tadbir nafaqat bayram, balki oʼsib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy oʼzlikni anglash va anʼanalarimizga hurmat tuygʼusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bayramning eng hayajonli va tantanali qismi — Tashkilot rahbariyati tomonidan murgʼak qalblarning maʼnaviy kamoloti yoʼlida sidqididildan mehnat qilayotgan, kasbiga sadoqatli va tashabbuskor ustozlarga Tashakkurnomalar topshirildi.