Har payshanba – Yoshlar kuni!
Bugun Samarqand shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Jasorat sinfi" o’quvchilari bilan bo’lim boshlig’i Z.Nuriddinov davra suhbati o’tkazdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, intizom, mas’uliyat va harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuvda yurtimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining kelgusidagi maqsadlari, orzu-intilishlari va yurtga xizmat qilishga bo‘lgan sadoqatlari alohida e’tirof etildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda qizlarning tashabbuslari, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligi, takliflari va kelajak rejalari tinglandi.
Qizlarga motivatsiya beruvchi suhbatlar, ochiq muloqot va qiziqarli fikr almashinuvi bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar o'quvchi yoshlarning o‘z fikrini bemalol ifoda etishida, takliflarini ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
#YoshlarKuni #HarPayshanba #YoshlarUchrashuvi #KelajakEgalari


