Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida boʻlim boshligʻi tomonidan oʻziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini toʻliq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
vazirlik hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash;
davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash, hujjatlarni tayyorlashda metodik yordam koʻrsatish;
oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarga yakka tartibdagi suhbatlar asosida tushuntirish ishlari olib borish;
qamrov darajasi past boʻlgan mahallarni oʻrganish, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi asosida maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlar bilan ishlash;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha va umumtaʻlim maktablari faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarning sherikchilikning qaysi turi boʻyicha tashkilot tashkil etishlari boʻyicha takliflarini oʻrganish, ularni davlat sherigi bilan bitim tuzishi uchun koʻmaklashish choralari haqida boʻlim boshligʻiga yozma maʼlumot berib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi asosida maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiqi yuzasidan tadbirkorlarga amaliy yordam berish;
boʻlimning tegishli Shoʻbalari bilan birgalikda faoliyat uzviyligini taʼminlash;
davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini bitimdagi amal qilish muddatiga muvofiq faoliyat koʻrsatishini oʻrganib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini maktabgacha taʼlim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normalari asosida faoliyatini oʻrganib chiqish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli Shoʻbalar bilan hamkorlikda metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha boʻlimga kelgan hujjatlarning ijrosini taʼminlash;
davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha va umumtaʻlim maktab hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish istagini bildirib va shu yoʻnalish boʻyicha qilingan murojaat va takliflarni oʻrganib chiqish,
fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni hal etish choralarini koʻrish.
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.