Metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
bevosita boʻlim boshligʻiga boʻysunadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik, boshqarma va boʻlimning Hayʼati qarorlari, buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi;
Shoʻbaning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va boʻlim boshligʻiga taqdim etadi;
ishlarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, ulardagi muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha boʻlim boshligʻiga taklif kiritadi;
asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazadi va nazoratini olib boradi;