Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

81-umumta’lim maktabida “Alifbe bayrami” nishonlandi

Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabida 1- “D” sinf o‘quvchilari o‘zlarining “Alifbe bayrami”ni nishonladilar. Tadbirda bolajonlar shu paytgacha egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Ular she’rlar aytdi, sahna chiqishlari va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali yozuv va o‘qishdagi yutuqlarini ota-onalarga va o‘qituvchilarga taqdim etdilar. “Alifbe bayrami” orqali bolalar o‘z bilimlarini ifodalash, birinchi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatish va maktab hayotiga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, bolalarga unutilmas taassurotlar ulashdi va bayram esdalik sovg‘alari bilan yakunlandi.