13–14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i va bo'lim tasarrufidagi ta'lim muassasalari rahbarlari bilan ZOOM orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida Yurtimizda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi alohida ta'kidlandi.
Umumxalq xayriya hashari davomida Samarqand shahridagi barcha ta'lim muassasalarida, maktab va bog'chalarning ko‘cha va yo‘laklari tartibga keltiriladi, gul ko'chatlarini ekish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etiladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ta'lim muassasalarining bo'sh turgan yerlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish topshiriqlari berildi.
Yaqinlashib kelayotgan Navro'z bayrami munosabati bilan ta'lim muassasalarida milliylikni targ'ib qiluvchi milliy o'yinlar, milliy liboslar va turli sport musobaqalarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.


