Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Sun’iy intellekt olimpiadasining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi

Shahrimizda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Sun’iy intellekt bo‘yicha olimpiadaning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiada o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt asoslari hamda algoritmik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Olimpiadada shahar maktablaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, ular turli nazariy va amaliy topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt asoslari, dasturlash, mantiqiy masalalar hamda texnologik yechimlar bo‘yicha savollarga javob berdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Mazkur olimpiada yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda kelajakda yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.