Samarqand shahridagi 33-maktab o‘quvchisi – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga muvofiq, 2026-yilgi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. (https://t.me/shmirziyoyev/32090)
Ular orasida Samarqand shahridagi 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Amaliya Parvizovna Mamedova ham bor.
Sovrindorlar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.
Mamedova Amaliya – badiiy gimnastika sohasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan iqtidorli sportchi.
Shu kungacha jami 33 ta medal sohibi!
7 karra Osiyo chempioni
2023-yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
2023 yil — katta yutuqlar yili
31 may – 3 iyun kunlari Filippinda bo‘lib o‘tgan OSIYO CHYeMPIONATI–2023da:
Ko‘pkurash — oltin medal
5 ta koptok (final) — oltin medal
5 ta arqon (final) — kumush medal
Ruminiya, Kluj-Napoka shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoa tarkibida 6-o‘rin.
2024 yil — yangi zafarlar
Toshkent shahridagi OSIYO CHYeMPIONATI–2024:
Ko‘pkurash — 1-o‘rin (I darajali sertifikat)
2 ta koptok va 3 ta tasma — oltin medal
5 ta halqa — kumush medal
JAHON KUBOGI–2024 (Ispaniya, Milan):
2 ta koptok va 3 ta tasma — II darajali diplom
2024 yilgi Osiyo chempionatida ikkita birinchi o‘rin.
38-Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.
2025 yil — kattalar safidagi muvaffaqiyatlar
Sofiya (Bolgariya) — JAHON KUBOGI–2025:
2 ta koptok va 3 ta halqa (guruh kattalar finali) — kumush medal
Singapurdagi OSIYO CHYeMPIONATI–2025:
Kattalar jamoasi — barcha turlar bo‘yicha 1-o‘rin
Ko‘pkurash — bronza medal
5 ta tasma (final) — oltin medal
2 ta koptok va 3 ta halqa (final) — kumush medal
2025 yil iyun oyida — Sport ustasi
2025 yil noyabr oyida — Xalqaro sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi!
Mamedova Amaliya — matonat, mehnat va yuksak mahorat timsoli!
Yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilib kelayotgan sportchimizga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!