#Kelajak_soati
#Muqaddas_ayol
Kelajak soati darslari yoshlarda milliy qadriyatlar, ezgulik va hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu darslarda ona va ayol siymosining muqaddasligi, ularning oila hamda jamiyatdagi beqiyos o‘rni ulug‘lanadi. Maqsad — yosh avlodda ayolni eʼzozlash va hayot davomchisi sifatida qadrlash hissini mustahkamashdir.
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Z.Nuriddinov shahardagi 13-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari uchun kelajak soati darsini o'tdi.
Ayol — mehr, sadoqat va fidoyilik timsoli bo'lib, insoniyatning yashashi va kamoloti uning cheksiz muhabbatiga bog'liqdir. Ona ilk bor dunyoga kelgan lahzadan boshlab farzandga mehr beradi, uni tarbiyalab, hayot yo'lini topishiga ko'maklashadi. Shu sababli, ona siymosi muqaddas hisoblanib, oila va jamiyatda yuksak qadrlanishi ta'kidlandi.


