Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

#OAV_matbuot
Samarqand shahardagi umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻrtasida joriy etilgan  yangi tashabbus-“Direktorlar
shuʻbasi” qanday natija beryapti?

Yurtboshimizning Samarqandda  har jabhada namunaviy ishlash tizimini joriy qilish  taklifidan kelib chiqib hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʻlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmoni hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʻlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4884-son Qarori ijrosini taʻminlash, umumiy oʻrta taʻlim maktablarida sogʻlom muhitni yaratish hamda taʻlim sifatini oshirish maqsadida  Samarqand shahar maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻrtasida yangi tashabbus- “Direktorlar shuʻbasi” tashkil etildi.

 Direktorlar shuʻbasi 5-10 nafardan iborat umumiy oʻrta taʻlim maktab direktorlaridan tashkil topadi. Ular ichidan bir nafari shuʻba raisi va qolganlari aʻzo hisoblanadi.

Direktorlar shuʻbasining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi: umumiy oʻrta taʻlim maktabi hududining obodonlashtirish, oʻquv binosida oʻqituvchi va oʻquvchilarga yetarli shart-sharoit tashkil etish;maktabda sogʻlom muhitni yaratish, darslarni taqsimlashda xolisona yondashishni tashkil etish; darslarning oʻz vaqtida jadval asosida oʻtkazilishini hamda oʻquvchilar davomotini nazoratga olish; oʻqituvchilar hamda oʻquvchilarning maktab formasida kelishini taʻminlash va muomila madaniyatini shakllantirishni tashkil etish; oʻqituvchilarga metodik yordam hamda yuritilishi lozim boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatish; oʻquvchilarda Davlat taʻlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish; oʻquv fanlari boʻyicha oʻqituvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini taʻminlash;oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarning mustahkamlab borilishini taʻminlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.

Shunga ko’ra  har haftada 1 ta, har oyda 4 ta umumiy oʻrta taʻlim maktablari faoliyatini yuqorida keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha shuʻba azolari bilan toʻliq oʻrganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ushbu xato va kamchiliklar takrorlanmasligi yuzasidan metodik yordam koʻrsatish amalga oshirilmoqda.

 Oʻrganish yakuni pedagogik jamoa bilan muhokama qilinmoqda. Shuʻbadagi mavjud barcha maktablar oʻrganilgandan soʻng, birinchi oʻrganilgan umumiy oʻrta taʻlim maktabi faoliyati qayta oʻrganiladi.Belgilangan xato va kamchiliklar bartaraf etilganligiga ahamiyat beriladi.Bu borada amaliy ko’mak beriladi.

Zayniddin Nuriddinov,
Samarqand shahar maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi boshlig’i