Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

DIQQAT, TANLOV!

Samarqand shahar hokimligi, Shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan

 “TARIX SO‘ZLAYDI” nomli
Eng yaxshi "Milliy kontent", videoroliklar va SI (sun’iy intellekt) yordamida tayyorlangan videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

✅ Tanlov maqsadi:

— Amir Temur siymosi va temuriylar merosini keng targ‘ib etish
— Yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘ururni mustahkamlash
— Kreativ va zamonaviy media kontent yaratishni rag‘batlantirish

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

Barcha xohlovchi fuqarolar, shuningdek Samarqand shahridagi korxona, tashkilot va muassasalar vakillari (havaskor va professional ijodkorlar).

Ishlarga talablar:

▫️ Mavzu — Amir Temur hayoti, faoliyati va temuriylar merosi
▫️ Videorolik davomiyligi: 1–3 daqiqa
▫️ Hajmi: 100 MB gacha
▫️ Tarixiy manbalarga asoslangan bo‘lishi shart
▫️ Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi
▫️ SI yordamida tayyorlangan ishlar alohida ko‘rsatiladi

Qabul muddati:

2026-yil 1-martdan — 1-aprel soat 17:00 gacha

Materiallar Telegram orqali yuboriladi:
 @manaviyatmarifat24

Yuborishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
— F.I.Sh.
— yashash manzili
— telefon raqami
— ish yoki o‘qish joyi

Mukofotlar:
Eng yaxshi milliy kontent / videorolik:

1-o‘rin — diplom + 6 mln so‘m vaucher
2-o‘rin — diplom + 5 mln so‘m vaucher
3-o‘rin — diplom + 4 mln so‘m vaucher

SI yordamida tayyorlangan videorolik:

1-o‘rin — diplom + 5 mln so‘m vaucher
2-o‘rin — diplom + 4 mln so‘m vaucher
3-o‘rin — diplom + 3 mln so‘m vaucher

 Rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham beriladi.
 Jami mukofot jamg‘armasi — 30 mln so‘m.

Tanlov nizomi (https://telegra.ph/Amir-Temur-tavalludining-690-yilligi-munosabati-bilan-Tarix-sozlaydi-nomli-eng-yaxshi-Milliy-kontent--videoroliklar-va-SI-yordam-02-12) talablariga rioya etish barcha ishtirokchilar uchun majburiy.