Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Xabarlaringiz bor Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash hamda ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga qaratilgan “direktorlar shu’basi” faoliyati yo'lgan qo'yilgan.

Samarqand shahrida joriy etilgan “Metodik kun”larda har hafta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bir kunlik faoliyati to‘liq o‘rganish va metodik yordam ko'rsatish yo'lga qo'yildi. Shu munosabat bilan bugun ham tashkil etilgan “Metodik kun” davomida 10 ta ta'lim muassasasida jarayonlar davom etmoqda. 

Mazkur tajriba maktablar faoliyatida ochiqlik va hamkorlik muhitini kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ayni paytda ushbu metodik yondashuv doirasidagi o‘rganish va tahlil ishlari joriy haftada ham izchil davom ettirilmoqda. Belgilangan reja asosida navbatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayonining holati chuqur o‘rganilib, pedagogik jamoalarga amaliy va metodik ko‘mak ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.