Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

ELO–2026: Saralashning birinchi bosqichi respublika bo‘ylab start oldi

Respublikamiz bo‘ylab barcha tuman va shaharlarda katta va kichik yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi — ELO–2026 saralashining birinchi bosqichi boshlandi.

Mazkur saralash bosqichida katta yosh toifasidagi ishtirokchilar 90 daqiqa davomida ingliz tili bo‘yicha bilim va salohiyatini baholovchi test topshiriqlarini bajarishdi. 

Kichik yosh toifasidagi ishtirokchilar esa olimpiada nizomiga muvofiq o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini namoyon etish maqsadida taqdimotlar o‘tkazishdi. 

ELO–2026 xalqaro ingliz tili olimpiadasi yosh avlodning xorijiy tillarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.