Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

«OILA — MUQADDAS DARGOH» MAVZUSIDA ÖQUV SEMINAR ÖTKAZILDI

Samarqand şahridagi 21-umumta’lim maktabida «Oila — muqaddas dargoh» mavzusida seminar taşkil etildi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 257-sonli «Yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş hamda oilaviy maslahat xizmatlarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, ularning huquqiy, ma’naviy va psixologik bilimlarini oşiriş hamda oila institutining jamiyat hayotidagi örni va ahamiyatini keng tarğib etişga qaratildi.

Seminar davomida öquvçilarga oila inson hayotidagi eng muqaddas qadriyatlardan biri ekani, oilada şakllangan tarbiya, mehr-oqibat, özaro hurmat va işonç insonning kelgusi hayotida muhim örin tutişi haqida atrofliça tuşunçalar berildi. Şuningdek, oila mustahkamligi nafaqat ota-ona va farzandlar örtasidagi munosabatlarga, balki har bir oila a’zosining mas’uliyati, özaro hurmatga ham boğliq ekani ta’kidlandi.

Seminarda Samarqand şahar hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Ra’no Qurbonova iştirok etib, yoşlarning jamiyatda öz örnini topişi, mustaqil hayotga tayyorgarligi, oilaviy qadriyatlarni asraş va kelajak avlod tarbiyasidagi mas’uliyati xususida söz yuritdi.

U öz nutqida bugungi globallaşuv jarayonlari va ommaviy madaniyat ta’siri kuçayib borayotgan bir davrda milliy özligimizni, asrlar davomida şakllangan urf-odat va qadriyatlarimizni asrab-avaylaş muhimligini alohida qayd etdi. Ayniqsa, yoşlar qalbida ota-onaga hurmat, kattalarga ehtirom, aka-uka va opa-singillar örtasidagi mehr-oqibat, qarindoşlik riştalarini qadrlaş kabi ezgu fazilatlarni mustahkamlaş zarurligiga e’tibor qaratdi.

Şuningdek, mazkur qadriyatlarni faqat oiladagi tarbiya bilan çeklab qolmasdan, ta’lim-tarbiya jarayoniga ham kengroq singdiriş, darsliklar va ma’naviy-ma’rifiy maşğulotlarda ularning mazmun-mohiyatini yoşlarga hayotiy misollar asosida yetkaziş muhimligi ta’kidlandi. Zero, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, şu bilan birga, milliy qadriyatlariga sodiq bölgan yoşlar jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayançidir.

Tadbirning amaliy qismida Samarqand şahridagi 68-umumta’lim maktabi psixologi Şahnoza Murodova tomonidan öquvçilar iştirokida psixologik muloqot taşkil etildi.

Muloqot davomida oiladagi soğlom psixologik muhitni şakllantiriş, ota-ona va farzandlar örtasidagi munosabatlarda özaro işonç va samimiyatning ahamiyati, oila a’zolarining bir-birini tuşunişi, fikrlarini hurmat qilişi hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan kelişmovçiliklarni tinç va oqilona hal etiş masalalariga töxtalib ötildi.

​