Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Afruza Hamdamova «Zakovat-Gambit» turnirida sovrindor bo‘ldi

Beshinchi bor o‘tkazilgan «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirida Samarqand shahridan maktab o‘quvchisi, «Kelajak bunyodkori» medali sohibi Afruza Hamdamova «Eng yaxshi ayol ishtirokchi» nominatsiyasi bo‘yicha sovrindor bo‘ldi.

G‘olibga 20 million so‘mlik yutuq vaucherini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva topshirdi.

Mazkur turnirda 6 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan bo‘lib, ularning 633 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.

Afruza Hamdamovani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!