Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

24-yanvar — Xalqaro ta’lim kuni

🔵 Новость 24 янв. 2026

BMT Bosh Assambleyasining 2018-yilda qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq 24-yanvar Xalqaro ta’lim kuni etib e’lon qilingan. Mazkur sana ta’limning global barqarorlik va taraqqiyotdagi ustuvor ahamiyatini aks ettiradi.

BMT ta’limni inson kapitalini rivojlantirish, teng imkoniyatlarni yaratish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim omili sifatida e’tirof etadi. Xalqaro ta’lim kuni doirasida har bir bola uchun sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash, pedagoglar mehnatini qadrlash hamda ta’lim tizimini zamon talablariga mos rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari suriladi.

O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini yaratish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini tizimli ravishda yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda. 

Mazkur islohotlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘un holda olib borilmoqda.