Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Ustoz va murabbiylar yuksak ehtiromda

1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi “Diyora” bazmgohida bayram tadbiri tashkil etildi.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylar jam bo‘ldi.

Tadbirda Samarqand shahar rahbari Fazliddin Umarov so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni sharafli kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ustozlarning jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishidagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.

Bayram tadbiri davomida ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati, yosh avlodga bilim berish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun bir guruh ustozlar e’tirof etilmoqda.

Tadbir davomida san’atkorlarning chiqishlari va konsert dasturi namoyish etilyapti...

 

​