RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: CHARMGARI MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
Bugun Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Z.Nuridinov shahardagi "Charmgari" mahallasida yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Yoshlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ta'lim sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Z.Nuridinov "Charmgari" mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirkorlik, zamonaviy kasb-hunarlar va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgan hozirgi davrda bu kabi muloqotlar yoshlar ehtiyojlarini to‘g‘ri baholashga xizmat qilmoqda. Muloqot chog‘ida Charmgari mahallasi yoshlari va maktab bitiruvchilari ta'lim muassasalaridagi sharoitlar, to‘garaklar faoliyati hamda kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

