SAMARQANDLIK MAKTAB JAMOASI — RЕSPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI SAFIDA!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish va ta’lim muassasalarida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida «Yashillik va tozalik kubogi» Respublika tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning joriy yil iyun–avgust oylarida o‘tkazilgan bosqichlari yakuniga ko‘ra,
Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi 49-maktab 1-o‘rinni,
Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 9-maktab 2-o‘rinni,
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi 33-maktab 3-o‘rinni egalladi.
Samarqand shahar 9-umumta’lim maktabi jamoasini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi marralar va yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
G‘oliblar uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan taqdirlash marosimida maktab jamoasiga kubok va diplom topshirildi.
Ushbu munosib natija maktab jamoasining atrof-muhitni muhofaza qilish, maktab hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, shuningdek, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish borasidagi izchil ishlarining amaliy samarasidir.
