Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Bugun Islom taraqqiyot banki hamda UNICEF vakillaridan iborat delegatsiya Samarqand shahridagi 67-sonli DMTTda bo‘ldi.
Unda Islom taraqqiyot banki Guruhining Mintaqaviy markazi rahbari Hammad Hundal, UNICEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Castillo ishtirok etdi.
 Uchrashuvlar davomida delegatsiya vakillari 67-sonli DMTT faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
 Shuningdek, SmartED loyihasi doirasida joriy etilayotgan yangi maktabgacha ta’lim o‘quv dasturi, jumladan, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshirilayotgan zamonaviy va inklyuziv ta’lim yondashuvlar haqida so‘z bordi.
 Ma‘lumot o‘rnida: ushbu ta'lim maskanida 360 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Shundan 3 nafari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular inklyuziv guruhlarda tarbiyalanmoqda.