Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

«VATAN QAYERDAN BOSHLANADI?» — O‘QUVCHILAR BILAN INTЕRAKTIV MASHG‘ULOTLAR

Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida «Kelajak soati» loyihasi doirasida «Vatan qayerdan boshlanadi?» mavzusida interaktiv va mazmunli mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Darslar davomida o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

E’tiborlisi, «Kelajak soati» mashg‘ulotlari nafaqat sinf xonalarida, balki o‘quvchilarning oilalarida ham davom etmoqda. Bolajonlar darsda olgan taassurotlari va o‘rgangan mavzulari haqida ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalarini o‘rganmoqda.

Ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faol ishtiroki farzandlarning ma’naviy kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

— «Kelajak soati» darslari orqali o‘quvchilarimizning uylariga ham kirib bordik. Bolajonlarimiz darsda o‘tilgan mavzular haqida ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini ham o‘rganyapti. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ota-onalar hamkorligining yo‘lga qo‘yilayotgani ijobiy samara beradi, — deydi Samarqand shahridagi 1-umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ozoda Esirgapova.